O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o'ttiz besh yoshdan kichik bo'lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O'zbekiston hududida muqim yashayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O'zbekiston Respublikasining Prezidenti bo'lishi mumkin emas.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan yetti yil muddatga saylanadi. O'zbekiston Respublikasining Prezidentini saylash tartibi qonun bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnO'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
106-modda. XIX bob. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.