O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

104-modda. XVIII bob. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlariga va Senati a'zolariga ularning deputatlik yoki senatorlik faoliyati bilan bog'liq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi. Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat a'zolari o'z vakolatlari davrida ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to'lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug'ullanishlari mumkin emas. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a'zosi daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular tegishincha Qonunchilik palatasi yoki Senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma'muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.