O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko'rib chiqish va tayyorlash, O'zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun o'z vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan qo'mitalarni saylaydi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko'rib chiqish va tayyorlash, O'zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun o'z vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan qo'mitalarni saylaydi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, zarurat bo'lgan taqdirda, muayyan vazifalarni bajarish uchun deputatlar, senatorlar orasidan komissiyalar tuzadi.
lex.uz’dagi asl matnO'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
102-modda. XVIII bob. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.