Jinoyat-protsessual kodeksi

82-modda. Ayblash va hukm qilish uchun asoslar

(82-модданинг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)

Ishni ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan sudga yuborish va ayblov hukmi chiqarish uchun quyidagilar isbotlangan bo'lishi kerak: 1) jinoyat ob'yekti; jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar; 2) sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek Jinoyat kodeksida ko'rsatib o'tilgan boshqa holatlari; qilmish va ro'y bergan ijtimoiy xavfli oqibatlar o'rtasidagi sababiy bog'lanish; 3) jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi; 4) jinoyat to'g'ri yoki egri qasd bilan yoxud beparvolik yoki o'z-o'ziga ishonish oqibatida sodir etilganligi, jinoyatning sabablari va maqsadlari; 5) ayblanuvchining, sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.