Quyidagi hollarda sudya, shuningdek xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, sud majlisining kotibi jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas va uni rad qilish lozim, basharti:
1) u shu ish bo'yicha jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, guvoh, himoyachi sifatida, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining qonuniy vakili yoki jabrlanuvchining, fuqaroviy da'vogarning, fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etayotgan yoki ilgari ishtirok etgan bo'lsa;
2) u ushbu ishni yuritish uchun mas'ul bo'lgan biror mansabdor shaxsning yoki ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko'rsatilgan o'zga shaxslarning qarindoshi bo'lsa;
3) uning xolisligiga va beg'arazligiga shubha tug'diradigan boshqa holatlar mavjud bo'lsa.
Sudya ilgari shu ishni yuritishda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud majlisining kotibi sifatida ishtirok etgan bo'lsa, o'sha ishni kelgusida ko'rishda qatnasha olmaydi.
Birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instantsiyasi sudida ishni ko'rishda ishtirok etgan sudya o'z ishtirokida chiqarilgan hukm, ajrim bekor qilinganidan keyin o'sha ishni ko'rishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini birinchi instantsiya sudida ko'rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya va taftish instantsiyasi sudida ko'rishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini apellyatsiya instantsiyasi sudida ko'rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instantsiya yoki taftish instantsiyasi sudida ko'rishda ishtirok eta olmaydi.
Jinoyat ishini kassatsiya instantsiyasi sudida ko'rishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instantsiya yoki taftish instantsiyasi sudida ko'rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Jinoyat ishini taftish instantsiyasi sudida ko'rishda ishtirok etgan sudya ushbu jinoyat ishini birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudida ko'rishda, shuningdek ishni yuqori instantsiya sudida taftish tartibida qayta ko'rishda ishtirok etishi mumkin emas.
Surishtiruvchining, tergovchining, shuningdek sud majlisi kotibining o'z protsessual majburiyatlarini bajarishi ularning shu ish bo'yicha tegishincha surishtiruvni, dastlabki tergovni yuritishda takroran ishtirok etishi, shuningdek sud majlisi bayonnomasini yuritishi uchun monelik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
76-modda. Sudyaning, prokurorning, tergovchining, surishtiruvchining, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining va sud majlisi kotibining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar
(76-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.