Jinoyat-protsessual kodeksi

74-modda. Xolislarning huquq va majburiyatlari

Xolis: tergov harakatida ishtirok etish; tergov harakati bo'yicha bayonnomaga kiritilishi lozim bo'lgan arz va mulohazalar berish; o'zi ishtirok etgan tergov harakatining bayonnomasi bilan tanishish; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat keltirish huquqiga egadir. Xolis: surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning chaqiruviga binoan hozir bo'lishi; tergov harakatini yuritishda ishtirok etishi; tergov harakati o'tkazilgani, uni o'tkazish jarayoni va natijalarini tergov harakati bayonnomasida imzo chekib tasdiqlashi; surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsatisiz surishtiruv va dastlabki tergov materiallarini oshkor qilmasligi shart. Xolis uzrsiz sababga ko'ra o'z vazifasini bajarishdan bosh tortganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi. Xolis o'zi ishtirok etgan tergov harakatini yuritish bilan bog'liq holatlar bo'yicha guvoh tariqasida so'roq qilinishi mumkin. U bunday hollarda ushbu Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi va majburiyatlarni bajaradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.