Jinoyat-protsessual kodeksi

61-modda. Qonuniy vakilning huquq va majburiyatlari

(61-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 6 декабрдаги ЎРҚ-587-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 07.12.2019 й., 03/19/587/4122-сон)

Qonuniy vakil: o'zi vakillik qilayotgan shaxsning surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga chaqirilganligidan xabardor bo'lish; o'zi vakillik qilayotgan qamoqdagi shaxs bilan xoli uchrashish; o'zi vakillik qilayotgan shaxs ushbu Kodeksga muvofiq ega bo'lgan protsessual huquqlarni amalga oshirish huquqiga ega. Qonuniy vakil: o'zi vakillik qilayotgan shaxsga nisbatan o'tkaziladigan protsessual harakatlarda ishtirok etishi; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning chaqiruvlariga binoan hozir bo'lishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yo'q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko'ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar orqali to'sqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart. Qonuniy vakil guvoh sifatida so'roq qilinishi, shuningdek himoyachi, fuqaroviy da'vogar yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin. Bunday hollarda qonuniy vakil yuqorida aytib o'tilgan protsess ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlariga ega bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.