Jinoyat-protsessual kodeksi

604-modda. O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan shaxsni ushlab berishni kechiktirish va vaqtincha ushlab berish

O'ziga nisbatan ushlab berish to'g'risida so'rov kelib tushgan shaxs O'zbekiston Respublikasi hududida boshqa jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilayotgan yoki jazoni o'tayotgan bo'lsa, uni ushlab berish jinoyat ishi tugatilguniga, hukm ijro etilguniga yoki har qanday qonuniy asosga ko'ra jazodan ozod qilinguniga qadar kechiktirilishi mumkin. Agar jazoni o'tayotgan shaxsni ushlab berishni kechiktirish jinoiy javobgarlikka tortish muddati o'tib ketishiga sabab bo'lishi yoki jinoyatni tergov qilishga zarar yetkazishi mumkin bo'lsa, so'ralayotgan shaxs, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o'rinbosari tomonidan belgilangan shartlarga rioya etish majburiyati mavjud bo'lgan taqdirda, vaqtincha ushlab berilishi mumkin. Vaqtincha ushlab berilgan shaxs jinoyat ishi bo'yicha qaysi protsessual harakatlar bajarilishi uchun ushlab berilgan bo'lsa, o'sha protsessual harakatlar bajarilganidan keyin, biroq shaxs topshirilgan kundan e'tiboran uch oydan kechiktirmay qaytarib berilishi kerak. Har ikkala davlat vakolatli organlarining o'zaro ahdlashuviga ko'ra bu muddat shaxs O'zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyat uchun hukm qilingan yoki qonunga muvofiq hukm qilinishi mumkin bo'lgan jazo muddatidan ortiq bo'lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.