Jinoyat-protsessual kodeksi

599-modda. Xorijiy davlat hududida bo'lgan shaxsni ushlab berish to'g'risida so'rov yuborish

(599-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda hamda tartibda yoki o'zarolik printsipi asosida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy davlatning vakolatli organiga xorijiy davlat hududida bo'lgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish uchun ushlab berish to'g'risida so'rov yuborishi mumkin. Xorijiy davlat hududida bo'lgan shaxsni ushlab berish to'g'risida o'zarolik printsipi asosida so'rov yuborish, agar so'rov yuborilishiga sabab bo'lgan qilmish har ikkala davlat qonunchiligiga muvofiq jinoiy jazolanadigan qilmish bo'lsa va shaxs jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berilgan taqdirda — uni sodir etganlik uchun bir yildan kam bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo yoki og'irroq jazo nazarda tutilganda yoxud shaxs hukmni ijro etish uchun ushlab berilgan taqdirda — u olti oydan kam bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga yoki og'irroq jazoga hukm qilinganida amalga oshiriladi. Xorijiy davlat hududida bo'lgan shaxsni ushlab berish to'g'risidagi so'rovni yuborish zaruriyati yuzaga kelganda hamda buning uchun ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko'rsatilgan asoslar va shartlar mavjud bo'lganda, barcha zarur materiallar mazkur so'rovni yuborish haqidagi masalani hal etish uchun O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi. Xorijiy davlat hududida bo'lgan shaxsni ushlab berish to'g'risidagi so'rovda quyidagilar bo'lishi kerak: 1) so'rov yuborayotgan organning nomi; 2) o'ziga nisbatan so'rov yuborilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning tug'ilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, yashash joyi yoki turgan joyi haqidagi ma'lumotlar va uning shaxsi haqidagi boshqa ma'lumotlar, shuningdek imkoni boricha tashqi qiyofasi tavsifi, fotosurati va shaxsni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa materiallar; 3) o'ziga nisbatan so'rov yuborilayotgan shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyatning haqiqiy holatlari bayoni va tavsifi, shu jumladan u tomonidan yetkazilgan zararning miqdori haqidagi ma'lumotlar, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qilmish jinoyat deb e'tirof etilishiga asos bo'ladigan tegishli moddasi matni; 4) shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to'g'risidagi qaror yoxud hukm chiqarilgan joy va sana to'g'risidagi, shuningdek hukm qonuniy kuchga kirganligi haqidagi ma'lumotlar. Xorijiy davlat hududida bo'lgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berish to'g'risidagi so'rovga shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to'g'risidagi qarorning va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash to'g'risidagi sud ajrimining tasdiqlangan ko'chirma nusxalari ilova qilinishi kerak. Xorijiy davlat hududida bo'lgan shaxsni hukmni ijro etish uchun ushlab berish to'g'risidagi so'rovga qonuniy kuchga kirgan hukmning tasdiqlangan ko'chirma nusxasi va jazoning o'talmagan muddati to'g'risidagi ma'lumotnoma ilova qilinishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.