Jinoyat-protsessual kodeksi

593-modda. Protsessual harakatlarni xorijiy davlat hududida bajarish to'g'risidagi so'rovning mazmuni va shakli

(593-модда биринчи қисмининг 5-банди Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)

Protsessual harakatlarni bajarish to'g'risidagi so'rovda quyidagilar bo'lishi kerak: 1) so'rov yuborayotgan organning nomi; 2) so'rov yuborilayotgan organning nomi va joylashgan yeri; 3) jinoyat ishining nomlanishi va so'rovning xususiyati; 4) o'ziga nisbatan so'rov yuborilayotgan shaxs to'g'risidagi ma'lumotlar, shu jumladan uning tug'ilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, mashg'uloti turi, yashash joyi yoki turgan joyi haqidagi ma'lumotlar, uning protsessual maqomi, yuridik shaxs uchun esa uning nomi, yuridik manzili va joylashgan yeri; 5) aniqlanishi lozim bo'lgan holatlar bayoni, shuningdek so'ralayotgan hujjatlar, ashyoviy, yozma, raqamli va boshqa dalillar ro'yxati; 6) sodir etilgan jinoyatning haqiqiy holatlari to'g'risidagi ma'lumotlar, uning tavsifi, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qilmish jinoyat deb e'tirof etilishiga asos bo'ladigan tegishli moddasi matni; 7) agar jinoyat natijasida zarar yetkazilgan bo'lsa, uning miqdori to'g'risidagi ma'lumotlar. Protsessual harakatlarni bajarish to'g'risidagi so'rovda uni ijro etish uchun zarur bo'lgan boshqa ma'lumotlar ham bo'lishi mumkin. Protsessual harakatlarni bajarish to'g'risidagi so'rov uni yuborayotgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi. Protsessual harakatlarni bajarish to'g'risidagi so'rov va unga ilova qilinayotgan hujjatlar so'rovni yuborayotgan organning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda ular yuborilayotgan xorijiy davlatning rasmiy tiliga yoki O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boshqa tilga tarjima qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.