Sud aybga iqrorlik to'g'risida kelishuv tuzish haqidagi qarorni ko'rib chiqib, agar:
1) kelishuvni tasdiqlash uchun asoslar mavjud bo'lmasa yoki kelishuvni tuzishda protsessual qonunchilik talablari buzilgan bo'lsa;
2) sud kelishuvda nazarda tutilgan sudlanuvchiga qo'yilgan ayblovda jinoyatning malakalanishga taalluqli shartlarga rozi bo'lmasa;
3) sudlanuvchining aybdorligi borasida sudda asosli shubha tug'ilgan bo'lsa;
4) taraflar tuzilgan kelishuvdan voz kechsa, kelishuvni tasdiqlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi va jinoyat ishini umumiy qoidalar bo'yicha tergov qilish yoki kelishuvni qayta ko'rib chiqish uchun prokurorga yuboradi.
Sudning ajrimiga sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da'vogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachi tomonidan xususiy shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan xususiy protest keltirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
586⁹-modda. Sudning aybga iqrorlik to'g'risidagi kelishuvni tasdiqlashni rad etishi va jinoyat ishini prokurorga yuborishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.