Aybga iqrorlik to'g'risidagi kelishuv jinoyat ishini yuritishni o'ziga nisbatan qo'yilgan gumonga, ayblovga rozi bo'lgan, jinoyatning ochilishiga faol ko'maklashgan va keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan, uncha og'ir bo'lmagan va og'ir jinoyatlar bo'yicha tuziladigan kelishuvdir.
Aybga iqrorlik to'g'risidagi kelishuv quyidagi shartlar mavjud bo'lgan taqdirda tuziladi:
1) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi o'z harakatlarining mohiyatini, shuningdek o'zi bergan iltimosnomaning oqibatini anglab yetgan bo'lsa;
2) iltimosnoma ixtiyoriy ravishda va ishda ishtirok etayotgan himoyachi bilan maslahatlashuvlar o'tkazilganidan keyin berilgan bo'lsa;
3) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi surishtiruv yoki tergov organi tomonidan qo'yilgan gumonni yoxud ayblovni, ish bo'yicha mavjud bo'lgan dalillarni, shuningdek yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini inkor etmasa hamda uni bartaraf etgan bo'lsa.
Aybiga iqrorlik to'g'risidagi kelishuv quyidagi hollarda tuzilishi mumkin emas, agar:
1) ushbu Kodeksning 61-bobida belgilangan tartibda tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash uchun asoslar mavjud bo'lsa;
2) shaxs tomonidan bir nechta jinoyat sodir etilgan bo'lib, ulardan loaqal bittasi ushbu moddada belgilangan talablarga to'g'ri kelmasa.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
586¹-modda. Aybga iqrorlik to'g'risidagi kelishuv va uni tuzish shartlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.