Jinoyat-protsessual kodeksi

575-modda. Sud muhokamasi

Sud muhokamasi ushbu Kodeksning 50 — 52-boblarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq ravishda o'tkaziladi. Sud majlisida prokuror va himoyachi ishtirok etishi shart. Sud tergovi prokurorning ishni sudga oshirish to'g'risidagi qarorni o'qib eshittirishidan boshlanadi. Shundan so'ng sud taraflarning ishtirokida tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash uchun asoslar mavjudligini tasdiqlaydigan yoki rad etadigan dalillarni tekshiradi: so'roq qiladi, ko'zdan kechirish o'tkazadi, hujjatlarni o'qib eshittiradi, ekspertlarni tinglaydi, haqiqatga erishish uchun zarur bo'lgan boshqa harakatlarni bajaradi. Sud tergovi tamomlanganidan so'ng sud taraflarning muzokarasiga o'tadi. Muzokarada prokuror, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishtirok etadilar. Muzokaraning oxirida himoyachi so'zga chiqadi. Oxirgi e'tiroz bildirish huquqi ham unga beriladi. Taraflarning nutqlarini eshitib bo'lgach, sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.