Tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash to'g'risidagi ishni yuritishda sud-psixiatriya ekspertizasini tayinlash haqida qaror chiqarilgan vaqtdan boshlab himoyachining ishtirok etishi shart.
Ishga kirishgan vaqtdan boshlab himoyachi, basharti himoyasi ostidagi shaxsning sog'lig'i halal bermasa, u bilan holi uchrashishga haqli, shuningdek ushbu Kodeksning 53-moddasida nazarda tutilgan boshqa barcha huquqlardan ham foydalanadi.
Sud-psixiatriya ekspertizasi o'tkazish to'g'risidagi qaror yoki ajrimni ijroga yuborishdan oldin surishtiruvchi, tergovchi yoki sud u bilan himoyachini tanishtirishi va uning quyidagi huquqlarini ta'minlashi zarur: tayinlangan ekspertni yoki umuman ekspertiza muassasasini rad qilish; muayyan shaxsni ekspert qilib tayinlashni iltimos qilish; ekspertning oldiga qo'shimcha savollar qo'yish; ekspertiza o'tkazilayotganda qatnashish uchun ruxsat so'rash. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud himoyachining iltimosnomasini, basharti asoslar bo'lsa, qondiradi va ekspertizani tayinlash to'g'risidagi qaror yoki ajrimga tegishli qo'shimchalar va o'zgartishlar kiritadi.
Agar sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga ko'ra, himoya ostidagi shaxs ruhiy holatining buzilishi jinoyat sodir etilgandan so'ng yuzaga kelgan yoki u ijtimoiy xavfli qilmishni aqli norasolik holatida sodir etgan bo'lsa yoxud uning aqli rasoligini istisno etmaydigan, biroq ruhiy holati o'zini himoya qilish huquqini mustaqil amalga oshirishini qiyinlashtiradigan tarzda buzilgan bo'lsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan himoyachining ishda ishtirok etishi shartligi haqidagi qoida amal qilishda davom etadi.
Keyinchalik sud-psixiatriya ekspertizasining xulosasi asosida shaxs aqli raso va ruhiy sog'lom deb topilsa, ishda himoyachining ishtiroki masalasi umumiy tartibda hal qilinadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
571-modda. Himoyachining ishtiroki
(571-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 12 сентябрдаги ЎРҚ-567-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.09.2019 й., 03/19/567/3737-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.