Jinoyat-protsessual kodeksi

568-modda. Sud-psixiatriya ekspertizasi aniqlaydigan masalalar

(568-модда биринчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 12 сентябрдаги ЎРҚ-567-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.09.2019 й., 03/19/567/3737-сон)

Sud-psixiatriya ekspertizasi o'tkazishda quyidagi masalalar aniqlanishi lozim: 1) shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda ruhiy holati o'z harakatlarining (harakatsizligining) ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan darajada surunkali yoki vaqtincha buzilganlik, aqli zaiflik yoki ruhiy holatining boshqacha tarzda buzilishi holatida bo'lganligi; 2) hozirgi vaqtda shaxsning ruhiy holati buzilganligi oqibatida hukm qilish va jazolashning unga axloq tuzatish jihatidan ta'sir ko'rsata olishi yoki ko'rsata olmasligi; 3) ushbu ruhiy holatning buzilishi surunkalimi yoki shaxs muayyan muddat mobaynida tuzalishi mumkinmi; 4) shaxs duchor bo'lgan ruhiy holatning buzilishi yangi ijtimoiy xavfli qilmishni keltirib chiqarishi yoki bunga sabab bo'lishi mumkinmi; 5) shaxs o'zining ruhiy holatiga ko'ra to'g'ri ko'rsatuv berishga, ko'zdan kechirish, guvohlantirish, eksperiment o'tkazish va boshqa tergov hamda sud harakatlarida ishtirok etishga qodirmi; 6) hozirgi vaqtda shaxsning aqli rasolikni istisno qilmaydigan ruhiy holati buzilganmi va ular nimalardan iborat. Shaxsni ekspert tadqiqoti o'tkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish ushbu Kodeksning 265 — 269-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilib amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.