Voyaga yetmagan shaxsni Jinoyat kodeksi 87-moddasining birinchi qismiga muvofiq javobgarlikdan ozod qilib, materiallarni bolalar masalalari bo'yicha komissiyada ko'rishga topshirish chog'ida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ishni ko'rishda Jinoyat kodeksi 87-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda sud voyaga yetmagan shaxsni jazodan ozod qilish va unga nisbatan majburlov chorasini qo'llanish to'g'risidagi masalani muhokama etishi shart. Sud majburlov chorasini qo'llanish yoki qo'llanmaslik to'g'risida asoslantirilgan ajrim chiqaradi.
Majburlov chorasini qo'llanish yoki qo'llanmaslik to'g'risidagi ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
564-modda. Voyaga yetmagan shaxsni javobgarlikdan yoki jazodan majburlov choralarini qo'llagan holda ozod qilish
(564-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.