Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish yoki uy qamog'i voyaga yetmagan shaxsga nisbatan faqat ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo'lganda va unga besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanishi mumkin bo'lgan qasddan jinoyat sodir etganlikda ayb e'lon qilingan hamda ayblanuvchining munosib xulq-atvorda bo'lishini boshqa ehtiyot choralari ta'minlay olmaydigan taqdirda qo'llanilishi mumkin.
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi masalani ko'rib chiqishda prokuror ish materiallari bilan shaxsan tanishib chiqishi, iltimosnomaning asosliligini tekshirishi, hodisaning favquloddaligiga ishonch hosil qilishi va ayblanuvchini ushbu ehtiyot chorasini qo'llash bilan bog'liq holatlar bo'yicha so'roq qilishi shart.
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qo'llanilgan voyaga yetmagan shaxslar katta yoshdagilardan, shuningdek voyaga yetmagan mahkumlardan alohida saqlanishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
558-modda. Voyaga yetmagan ayblanuvchini qamoqqa olish yoki uy qamog'iga joylashtirish
(558-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 4 сентябрдаги ЎРҚ-373-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2014 й., 36-сон, 452-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.