Mahkum jazoni o'tayotgan vaqtida jazoni o'tashga monelik qiladigan ruhiy holatining surunkali buzilishi yuzaga kelgan yoki boshqa og'ir kasallikka duchor bo'lgan taqdirda sudya jazoning ijro qilinishiga mutasaddi organning taqdimnomasiga binoan, maxsus tibbiy komissiyaning xulosasiga asosan mahkumni o'talmay qolgan jazoni o'tashdan ozod qilish to'g'risida ajrim chiqarishga haqlidir.
Ruhiy holatining surunkali buzilishi yuzaga kelgan mahkumni o'talmay qolgan jazodan ozod qilishda sudya unga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov chorasini tayinlashga yoxud uni sog'liqni saqlash organlari yoki qarindoshlari vasiyligiga berishga haqlidir.
Bunday shaxslar sog'aygan taqdirda, basharti bu hol jazoning ijro etish muddati tugashiga qadar sodir bo'lsa, sud tayinlangan jazoni ijro etish to'g'risida ajrim chiqaradi.
Ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslardan tashqari, og'ir kasallikka duchor bo'lgan shaxslarni o'talmay qolgan jazodan ozod qilish masalasini hal etishda sudya sodir etilgan jinoyatning og'irligini, mahkumning shaxsini va boshqa holatlarni hisobga oladi.
Mahkumni o'talmay qolgan jazodan kasalligi tufayli ozod qilganda sudya uni faqat asosiy jazodan emas, balki qo'shimcha jazo chorasidan ham ozod qilishga haqli, bu ajrimda ko'rsatilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
534-modda. Kasalligi tufayli jazoni o'tashdan ozod qilish tartibi
(534-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 12 сентябрдаги ЎРҚ-567-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.09.2019 й., 03/19/567/3737-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.