Jinoyat-protsessual kodeksi

531-modda. Hukmni, ajrimni ijro ettirish tartibi

(531-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Hukm, ajrimni ijro ettirish ularni qabul qilgan sud zimmasiga yuklatiladi. Hukmni ijro etish to'g'risidagi farmoyish sudya yoki sud raisi tomonidan hukmni ijro etish majburiyati yuklatilgan organga hukmning nusxasi bilan birgalikda yuboriladi. Ishni apellyatsiya, kassatsiya tartibida ko'rish chog'ida hukm o'zgartirilgan taqdirda, hukmning ko'chirma nusxasiga apellyatsiya, kassatsiya instantsiyasi sudi ajrimining ko'chirma nusxasi ilova qilinadi. Hukmni ijro etuvchi organlar uning ijro etilganligi haqida hukmni chiqargan sudga darhol xabar beradi. Jazoni ijro etish muassasasining ma'muriyati mahkum jazoni qayerda o'tayotgani haqida hukmni chiqargan sudga xabar berishi shart. Sud qarorini o'z vaqtida yoki to'la bajarmaslik qonunchilikka binoan javobgarlikka sabab bo'ladi. Qonuniy kuchga kirgan hukmning nusxasi zarur hollarda mahkumning ish, o'qish yoki yashash joyiga yuboriladi. Qonuniy kuchga kirgan hukm haqida zarur hollarda matbuot yoki boshqa ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka ma'lum qilinadi. Sud mahkumni harbiy unvonidan yoki maxsus unvonidan mahrum etish to'g'risida qaror chiqargan bo'lsa, sud hukmning nusxasini ijro etish uchun ana shu unvonni bergan organga yuboradi. Sud davlat mukofotlari bilan taqdirlangan yoki oliy harbiy yoxud maxsus unvonga ega bo'lgan shaxsga nisbatan ayblov hukmini chiqarishda uni ana shu mukofotlar yoki unvonlardan mahrum etish to'g'risida tegishli organga taqdimnoma kiritishning maqsadga muvofiqligi masalasini hal qiladi. Sud qarorining jarima solishga va boshqa mulkiy undirishlarga taalluqli qismini ijro etish uchun ijro varaqalari yoki ularning dublikatlari sud qarorining nusxasi bilan birga birinchi instantsiya sudi tomonidan sudning qarori qonuniy kuchga kirgan yoki ish apellyatsiya instantsiyasi sudidan qaytarilgan kundan e'tiboran uch kundan kechiktirmay mahkumning yashash joyidagi yoxud jazoni o'tash joyidagi, shuningdek mahkumning mol-mulki turgan joydagi davlat ijrochilariga elektron hujjat tarzida yuboriladi. Qamoqda saqlanayotgan mahkumni ozodlikdan mahrum etish to'g'risidagi hukm qonuniy kuchga kirgani va ijro ettirilishi haqida sud mahkumning oilasini xabardor qilishi shart. Qamoqda saqlanayotgan mahkum bilan uchrashuvlarga hukmni ijro ettirishdan avval ushbu Kodeksning 477-moddasi asosida ruxsat etiladi. Sud tomonidan mahkumning voyaga yetmagan farzandlarini muassasalarning, qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning homiyligiga berish to'g'risida qaror qabul qilingan bo'lsa, sud bu haqda bolalar turgan joydagi vasiylik organiga, shuningdek mahkumga xabar beradi. Mahkumning qarovsiz qolgan mol-mulki va turar joyini qo'riqlash choralarini ko'rish zarurligi to'g'risida sud mol-mulk va turar joy joylashgan yerdagi hokimlikka yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organiga xabar qiladi, bu haqda mahkumni xabardor etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.