Himoyachi: manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini bilish; advokatlik guvohnomasini ko'rsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan so'ng ishda ishtirok etish; gumon qilinuvchi so'roq qilinayotganda ishtirok etish, shaxsga ayblov e'lon qilinayotganda hozir bo'lish hamda ayblanuvchi so'roq qilinayotganda, shuningdek ularning ishtirokida o'tkaziladigan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish va gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaxassislarga savollar berish; boshqa tergov harakatlari yurgizilayotganda surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan ishtirok etish; o'zi ishtirok etgan tergov harakatining yuritilishi xususida yozma mulohazalar berish; iltimosnoma berish va rad etish; ushbu Kodeks 87-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq dalillarni to'plash va taqdim etish; gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida o'tkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom bo'lganidan keyin esa jinoyat ishining barcha materiallari bilan tanishish hamda undan zarur ma'lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o'z hisobidan ko'chirma nusxalar olish yoki ularda ko'rsatilgan ma'lumotlarni o'zga shaklda qayd etish; agar himoyani amalga oshirish uchun zarur bo'lsa, davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sirni o'z ichiga olgan axborot bilan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda tanishish; sud tomonidan ish bo'yicha dastlabki eshituv o'tkazilayotganda va sud muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va bu haqda o'z mulohazalarini bildirish; ish bo'yicha keltirilgan shikoyatlar, protestlar to'g'risida bilish hamda ularga nisbatan e'tirozlar bildirish; apellyatsiya, kassatsiya va taftish instantsiyasi sudi majlislarida ishtirok etish huquqiga ega.
Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi qamoqda saqlanayotgan yoki uy qamog'ida bo'lsa, himoyachi u bilan jinoyat ishini yuritishga mas'ul bo'lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning ruxsatisiz, uchrashuvlarning soni va davom etish vaqti cheklanmagan holda xoli uchrashishga haqli.
Himoyachi o'z vazifasini amalga oshirishi munosabati bilan bilgan ma'lumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
Himoyachi: gumonni yoki ayblovni rad etadigan yoxud javobgarlikni yengillashtiradigan holatlarni aniqlash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vosita va usullarni qo'llashi hamda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga zarur yuridik yordam ko'rsatishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yo'q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko'ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to'sqinlik qilmasligi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Ishda ishtirok etish haqida bitim tuzilgan yoki tayinlangan vaqtidan boshlab advokat himoyachi vazifasini bajarishni rad etishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
53-modda. Himoyachining huquq va majburiyatlari
(53-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.