Jinoyat-protsessual kodeksi

522-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash uchun asoslar

(522-модда учинчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)

Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi va ajrimi yangi ochilgan holatlar tufayli bekor qilinishi hamda ish yuritish qaytadan boshlanishi mumkin. Yangi ochilgan holatlar sudning hukmi yoki ajrimi qonuniy kuchga kirgan paytda mavjud bo'lgan, biroq sudga ma'lum bo'lmagan holatlardir. Yangi ochilgan holatlar quyidagilardan iborat: 1) jabrlanuvchining yoki guvohning bila turib yolg'on ko'rsatuv yoxud ekspertning bila turib yolg'on xulosa berganligi, xuddi shuningdek ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, tergov va sud harakatlari bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning soxta ekanligi yoki bila turib noto'g'ri tarjima qilinganligi qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz hukm, qonunga xilof yoki asossiz ajrim chiqarilishiga sabab bo'lganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi; 2) surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz hukm, qonunga xilof yoki asossiz ajrim chiqarilishiga olib kelgan jinoiy xatti-harakatlarga yo'l qo'yganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi; 3) muayyan jinoyat ishini ko'rish chog'ida sudya tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlar sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi; 4) o'z holicha yoki ilgari aniqlangan holatlar bilan birgalikda mahkumning aybsizligidan yoxud u hukm etilganiga nisbatan og'irligi darajasi bo'yicha boshqa jinoyat sodir etganligidan yoxud oqlangan shaxsning yoki o'ziga nisbatan ish tugatilgan shaxsning aybdorligidan dalolat beradigan boshqa holatlar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.