Ishni taftish tartibida ko'ruvchi Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmida, ajrimida quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak:
1) sud ishining raqami, hukm, ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) sudning nomi va tarkibi, ishni ko'rishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaxslar;
3) taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan shaxs;
4) ustidan taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilgan hukmning, ajrimning qaror qismi mazmuni;
5) shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) taftish instantsiyasi sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar e'tirozlarining va tushuntirishlarining mohiyati, shuningdek prokurorning fikri;
6) ishni taftish tartibida ko'ruvchi sudning qarori.
Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) qanoatlantirilmay qoldirilgan taqdirda, ishni taftish tartibida ko'ruvchi sudning ajrimida birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudining hukmi qonuniy, asosli va adolatli deb, birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya instantsiyasi sudining ajrimi qonuniy va asosli deb topilganligining, shikoyat yoki protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) esa qanoatlantirilmasdan qoldirilishining asoslari ko'rsatilishi kerak.
Hukm, ajrim bekor qilingan yoki o'zgartirilgan taqdirda, ishni taftish tartibida ko'ruvchi sudning ajrimida Jinoyat kodeksining va ushbu Kodeksning qaysi normalari talablari buzilganligi va bekor qilinayotgan yoki o'zgartirilayotgan sud qarorining asossizligi nimadan iborat ekanligi ko'rsatilishi kerak.
Ishni taftish tartibida ko'ruvchi sudning hukmi, ajrimi sudning to'liq tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilik tomonda qolgan sudya hukmga, ajrimga imzo qo'yib, o'zining alohida fikrini ushbu Kodeksning 472-moddasi talablariga rioya etgan holda yozma shaklda qoldirishga haqlidir.
Ishni taftish tartibida ko'ruvchi sudning hukmi, ajrimi sud majlisi zalida o'qib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi.
Ishni taftish tartibida ko'ruvchi sudning hukmi, ajrimi uni chiqargan sudga yoki boshqa sudga chiqarilgan kundan e'tiboran besh sutkadan kechiktirmay jinoyat ishi bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.
Mahkumni darhol qamoqdan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazodan ozod etish uchun asos bo'ladigan hukm, ajrim, agar mahkum sud majlisida ishtirok etayotgan bo'lsa, sud zalida ijro etiladi. Boshqa hollarda, hukmning, ajrimning ko'chirma nusxasi hukm, ajrim chiqarilganidan keyin taftish instantsiyasi sudi tomonidan jazoni ijro etish muassasasining ma'muriyatiga yoki mahkumning yashash joyidagi ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish o'z zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga yigirma to'rt soatdan kechiktirmay yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
521⁶-modda. Ishni taftish tartibida ko'ruvchi Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmi, ajrimi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.