Jinoyat-protsessual kodeksi

521²⁰-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga taftish tartibida protest (xususiy protest) bildirish to'g'risidagi iltimosnomaga qo'yiladigan talablar

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga taftish tartibida protest (xususiy protest) bildirish to'g'risidagi iltimosnomada quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) iltimosnoma yuborilayotgan tegishli vakolatli shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi; 2) iltimosnoma bergan shaxs, uning protsessual mavqei, yashash joyi yoki turgan joyi to'g'risidagi ma'lumotlar; 3) sud ishining raqami, birinchi instantsiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instantsiyasi sudining nomi, hukm, ajrim chiqarilgan sana; 4) iltimosnoma bergan shaxsning fikriga ko'ra hukmning, ajrimning noto'g'riligi va uning iltimosining mohiyati nimadan iborat ekanligiga doir vajlari, sudga qadar ish yuritishni yoki sud muhokamasini amalga oshirish chog'ida qaror qabul qilinishiga ta'sir ko'rsatgan Jinoyat kodeksining va ushbu Kodeksning qaysi normalari buzilganligi to'g'risidagi vajlari, shuningdek uning iltimosnomasining mazmuni; 5) iltimosnoma bergan shaxs o'z talablarini asoslayotgan dalillar; 6) iltimosnomaga ilova qilinayotgan materiallar ro'yxati; 7) iltimosnoma berilgan sana, uni bergan shaxsning imzosi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.