Sud qarorlarini O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atida taftish tartibida qayta ko'rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to'g'risidagi ajrimda quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan joy va sana;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi;
3) taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat) bergan shaxs haqidagi ma'lumotlar;
4) hukm, ajrim chiqargan birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instantsiyasi sudining nomi, birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instantsiyasi sudining hukmi, ajrimi chiqarilgan sana;
5) taftish tartibida berilgan shikoyatning (xususiy shikoyatning) mazmuni;
6) taftish tartibidagi shikoyatni (xususiy shikoyatni) ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazishni rad etish sabablari va asoslari.
Sud qarorlarini taftish tartibida qayta ko'rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat) bergan shaxs tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga, uning o'rinbosariga shikoyat qilinishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning o'rinbosari taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat) bergan shaxsning shikoyatiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining sud qarorlarini taftish tartibida qayta ko'rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to'g'risidagi ajrimini bekor qilish haqida ajrim chiqarishga va shikoyatni (xususiy shikoyatni) jinoyat ishi bilan birga taftish tartibida ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
521¹¹-modda. Sud qarorlarini O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atida taftish tartibida qayta ko'rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to'g'risidagi ajrim
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.