Kassatsiya instantsiyasi sudining hukmida, ajrimida quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak:
1) sud ishining raqami, hukm, ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) sudning nomi va tarkibi, ishni ko'rishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaxslar;
3) kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxs;
4) birinchi instantsiya sudining ustidan shikoyat (protest) berilgan hukmi, ajrimi qaror qismining mazmuni;
5) shikoyatning (protestning), kassatsiya instantsiyasi sudi majlisida ishtirok etayotgan shaxslar e'tirozlarining va tushuntirishlarining mohiyati, shuningdek prokurorning fikri;
6) shikoyat (protest) bo'yicha kassatsiya instantsiyasi sudining qarori.
Shikoyat (protest) qanoatlantirilmay qoldirilganda kassatsiya instantsiyasi sudining ajrimida hukm qonuniy, asosli va adolatli deb, birinchi instantsiya sudining ajrimi qonuniy va asosli deb topilganligining, shikoyat yoki protest esa qanoatlantirilmasdan qoldirilganligining asoslari ko'rsatilishi kerak.
Hukm, ajrim bekor qilingan yoki o'zgartirilgan taqdirda, kassatsiya instantsiyasi sudining ajrimida Jinoyat kodeksining va ushbu Kodeksning qaysi normalari talablari buzilganligi hamda bekor qilinayotgan yoki o'zgartirilayotgan sud qarorining asossizligi nimadan iborat ekanligi ko'rsatilishi kerak.
Kassatsiya instantsiyasi sudining hukmi, ajrimi sudning to'liq tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilik tomonda qolgan sudya hukmga, ajrimga imzo qo'yib, o'zining alohida fikrini ushbu Kodeks 472-moddasining talablariga rioya etgan holda yozma tarzda qoldirishga haqlidir.
Kassatsiya instantsiyasi sudining hukmi, ajrimi sud majlisi zalida o'qib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi.
Kassatsiya instantsiyasi sudining hukmi, ajrimi uni chiqargan sudga yoki boshqa sudga chiqarilgan kundan e'tiboran besh sutkadan kechiktirmay jinoyat ishi bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.
Mahkumni darhol qamoqdan yoki ozodlikdan cheklash tariqasidagi jazodan ozod etish uchun asos bo'ladigan hukm, ajrim, agar mahkum sud majlisida ishtirok etayotgan bo'lsa, sud zalida ijro etiladi. Boshqa hollarda hukmning, ajrimning ko'chirma nusxasi hukm, ajrim chiqarilganidan keyin kassatsiya instantsiyasi tomonidan jazoni ijro etish muassasasining ma'muriyatiga yoki mahkumning yashash joyidagi ozodlikdan cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish o'z zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga yigirma to'rt soatdan kechiktirmay yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
509¹⁰-modda. Kassatsiya instantsiyasi sudining hukmi, ajrimi
(509¹⁰-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.