Jinoyat-protsessual kodeksi

497⁷-modda. Hukm ustidan apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish oqibatlari

(497⁸-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонунига асосан 2024 йил 1 январдан ўз кучини йўқотади — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон)

Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berilishi hukmning qonuniy kuchga kirishini va uning ijro ettirilishini to'xtatib turadi. Hukm ustidan shikoyat berish va protest bildirish uchun belgilangan muddat tugagach, hukm chiqargan sud ushbu Kodeksning 497⁶-moddasida nazarda tutilgan talablarni bajarib, ishni shikoyatlar, protestlar hamda ular yuzasidan bildirilgan e'tirozlar, shuningdek taqdim etilgan qo'shimcha materiallar bilan birga o'n kundan kechiktirmay apellyatsiya instantsiyasi sudiga yuboradi. Bu muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning o'rinbosari tomonidan ko'pi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.