Hukm ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish muddati uzrli sabablarga ko'ra o'tkazib yuborilgan hollarda apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish huquqiga ega bo'lgan shaxslar hukm chiqargan sudga muddatni tiklash so'ralgan iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin. Zarur hollarda, bu masala iltimosnoma bergan shaxsning ishtirokida hal qilinadi.
Sudning o'tkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish to'g'risidagi ajrimi ustidan apellyatsiya instantsiyasi sudiga xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin bo'lib, u mazkur ajrimni bekor qilishga, o'tkazib yuborilgan muddatni tiklashga va apellyatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ishni ko'rishga yoxud ishni hukm chiqargan sudga ushbu Kodeks 497⁶-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarish uchun yuborishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
497⁵-modda. Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish muddatini tiklash tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.