Ushbu Kodeksning 497²-moddasida ko'rsatilgan shaxslar birinchi instantsiya sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat (xususiy protest) berishga haqli.
Agar ish bo'yicha hukm chiqarilgan, biroq xususiy shikoyat yoki xususiy protest faqat birinchi instantsiya sudining ajrimi ustidan berilgan bo'lsa, sud hukm ustidan apellyatsiya shikoyati, protesti berish uchun belgilangan muddat o'tganidan so'ng ishni yuqori sudga yuboradi.
Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) apellyatsiya instantsiyasi sudida ish yuritishning umumiy qoidalari bo'yicha ko'rib chiqiladi.
Apellyatsiya instantsiyasi sudi ishni birinchi instantsiya sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) bo'yicha ko'rish natijalariga ko'ra quyidagilarga haqli:
1) birinchi instantsiya sudining ajrimini o'zgarishsiz, xususiy shikoyatni (xususiy protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) birinchi instantsiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni yangidan sudda ko'rib chiqish uchun yuborishga;
3) birinchi instantsiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar bo'yicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni o'tkazish uchun prokurorga yuborishga;
4) birinchi instantsiya sudining ajrimini bekor qilishga va amnistiya aktini qo'llashga;
5) birinchi instantsiya sudining ajrimini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga;
6) birinchi instantsiya sudining xususiy ajrimini bekor qilishga;
7) birinchi instantsiya sudining ajrimini o'zgartirishga.
Apellyatsiya instantsiyasi sudining birinchi instantsiya sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) bo'yicha chiqarilgan ajrimi uzil-kesildir, bundan ushbu Kodeksning 308, 317-moddalarida va 59-bobida nazarda tutilgan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
497³⁴-modda. Sud ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni, protestni ko'rib chiqish
(497³⁴-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.