Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instantsiyasi sudi sudning ayblov hukmini yoki ajrimini o'zgartirish chog'ida quyidagilarga haqli:
1) jazoni yengillashtirishga yoki mahkumga nisbatan yengilroq jinoyat to'g'risidagi qonunni qo'llashga;
2) mahkumni o'ta xavfli retsidivist deb topishga;
3) jazoni ijro etish muassasasi turini yengilrog'iga yoki og'irrog'iga o'zgartirishga;
4) jinoyat natijasida yetkazilgan, o'rni qoplanishi lozim bo'lgan moddiy zarar miqdorini, shuningdek ma'naviy ziyonni kompensatsiya qilish miqdorini kamaytirishga yoki ko'paytirishga;
5) Jinoyat kodeksining 96-moddasiga muvofiq mahkumga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llashga;
6) ashyoviy dalillar, protsessual chiqimlar to'g'risidagi masalalarni va boshqa masalalarni hal etishga.
Oqlov hukmining oqlov asoslariga doir qismi oqlangan shaxsning, uning himoyachisining, qonuniy vakilining shikoyatiga ko'ra o'zgartirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
495-modda. Sudning hukmini, ajrimini o'zgartirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.