Jinoyat-protsessual kodeksi

488-modda. Ushbu Kodeks normalarining jiddiy buzilishlari

Protsess ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlardan mahrum qilgan yoki bu huquqlarni cheklagan yoxud sudga ishni har tomonlama ko'rib chiqishga boshqacha tarzda xalal bergan hamda qonuniy, asosli va adolatli qaror chiqarishga ta'sir qilgan yoki ta'sir qilishi mumkin bo'lgan qoidabuzarliklar ushbu Kodeks normalarini jiddiy buzish deb e'tirof etiladi. Quyidagi hollarda hukm, ajrim bekor qilinishi lozim, agar: 1) hukmni, ajrimni qonunga xilof tarkibdagi sud chiqargan bo'lsa; 2) sudyaning hukmni, ajrimni yakka o'zi chiqarishi tartibi yoki hukmni, ajrimni chiqarishda sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi buzilgan bo'lsa; 3) ish sudlanuvchi yo'qligida ko'rilgan bo'lsa, bundan ushbu Kodeks 410-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno; 4) surishtiruv yoki dastlabki tergov tamomlanganidan so'ng ayblanuvchi ishdagi barcha materiallar bilan tanishtirilmagan va bu qoidabuzarlik hukmni, ajrimni chiqargan sud tomonidan bartaraf etilmagan bo'lsa; 5) himoyachisi bo'lmagan sudlanuvchiga himoya nutqi uchun so'z berilmagan bo'lsa; 6) sudlanuvchiga oxirgi so'z berilmagan bo'lsa; 7) sudlanuvchining ona tilidan va tarjimon xizmatlaridan foydalanish huquqi buzilgan bo'lsa; 8) qonunga ko'ra himoyachi, qonuniy vakil ishtirok etishi shart bo'lsa-yu, ish ularning ishtirokisiz tergov qilingan yoki ko'rib chiqilgan bo'lsa; 9) ishni yuritishni istisno etadigan holatlar mavjud bo'la turib, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi o'tkazilgan bo'lsa; 10) sud majlisi bayonnomasi ishda mavjud bo'lmasa yoxud imzolanmagan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.