Sud tergovi quyidagi hollarda to'liq emas va bir yoqlama deb e'tirof etiladi, agar ish bo'yicha:
1) ushbu Kodeksning 82 — 84-moddalarida ko'rsatilgan holatlar yetarlicha to'liq aniqlanmagan bo'lsa;
2) ko'rsatuvlari ishni hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan shaxslar so'roq qilinmagan bo'lsa;
3) o'tkazilishi shart bo'lgan ekspertiza o'tkazilmagan bo'lsa;
4) ish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan hujjatlar, ashyoviy, yozma yoki raqamli dalillar talab qilib olinmagan bo'lsa;
5) natijalari ish uchun ahamiyatga ega bo'lishi mumkin bo'lgan boshqa tergov harakatlari o'tkazilmagan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
486-modda. Sud tergovining to'liq emasligi va bir yoqlamaligi
(486-модданинг 4-банди Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.