Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida ko'rishda prokuror ishtirok etadi.
Jinoyat ishining ko'rilishida:
1) Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hay'atlarida — O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, O'zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ularning o'rinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror;
2) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atida — O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o'rinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror;
3) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida — O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o'rinbosarlari ishtirok etadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
481-modda. Jinoyat ishini yuqori sud tomonidan ko'rishda prokurorning ishtirok etishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.