Hukm e'lon qilinganidan keyin uch sutkadan kechiktirilmay, hajmi katta bo'lgan taqdirda esa, o'n sutkadan kechiktirilmay, uning nusxasi mahkumga va oqlangan shaxsga berilishi lozim. Boshqa taraflarga hukm nusxasi yoki uning ko'chirmasi shu muddatda, ularning iltimoslariga asosan beriladi.
Agar mahkum qamoqda saqlanayotgan bo'lsa, hukmning ko'chirma nusxasi unga qamoqda saqlash joyining ma'muriyati tomonidan hukm kelib tushgan kuni tilxat olib topshiriladi, tilxat ko'chirma nusxa topshirilgan sana va vaqt ko'rsatilgan holda sudga taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
475-modda. Hukmning nusxasini mahkumga va oqlangan shaxsga berish
(475-модда Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 29 сентябрдаги ЎРҚ-299-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — ЎР ҚҲТ, 2011 й., 40-сон, 410-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.