Hukm sudya tomonidan chiqarilgan bo'lsa, uni sudyaning yakka o'zi, sud tarkibi tomonidan chiqarilgan bo'lsa, sudyalarning hammasi imzolaydi. Ovoz berish vaqtida ozchilikni tashkil qilgan sudya hukmga imzo qo'yib, o'zining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidir. Bu fikrni u bevosita maslahatxonada yozishi lozim. Alohida fikr ishga ilova qilinadi, lekin sud majlisining zalida e'lon qilinishi mumkin emas.
Agar alohida fikr mavjud bo'lgan ish apellyatsiya tartibida ko'rilmagan bo'lsa, hukm qonuniy kuchga kirgandan keyin ish uni belgilangan tartibda ko'rib chiqish masalasini hal etish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
472-modda. Hukmning imzolanishi va sudyaning alohida fikri
(472-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.