Jinoyat-protsessual kodeksi

469-modda. Oqlov hukmining tavsif qismi

Oqlov hukmining tavsif qismida quyidagilar ko'rsatiladi: sudlanuvchiga qo'yilgan ayblovning mohiyati; sud aniqlagan ish holatlari; sudlanuvchining aybsizligi to'g'risidagi sud xulosasini tasdiqlovchi dalillar; sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybi bor deb da'vo qilishga asos bo'lgan dalillarni sud nima uchun ishonarli emas yoki yetarli emas deb hisoblashi yoki nima uchun sud jinoiy hodisaning o'zi yuz bermagan yoxud sudlanuvchi sodir etgan qilmishni jinoyat emas deb hisoblashi; fuqaroviy da'voga oid qarorning asoslari.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.