Jinoyat-protsessual kodeksi

467-modda. Ayblov hukmining tavsif qismi

(467-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ayblov hukmining tavsif qismida sud isbot etilgan deb e'tirof etgan jinoiy qilmishning tavsifi, sodir etilgan joyi, vaqti, usuli, aybning shakli, jinoyatning sabablari, maqsadlari va oqibatlari ko'rsatilishi lozim. Hukmda sudning har bir sudlanuvchiga nisbatan xulosalariga asos bo'lgan dalillar va sudning boshqa dalillarni rad etish sabablari yoziladi. Javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og'irlashtiruvchi holatlar, aybning bir qismi asossiz deb topilgan taqdirda yoki jinoyatning tavsifi noto'g'riligi aniqlanganda esa ayblovni o'zgartirish asoslari va sabablari ko'rsatiladi. Sud, shuningdek Jinoyat kodeksi moddasining jazo qismida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan boshqa jazo choralari ham nazarda tutilgan bo'lsa, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo nimaga asoslanib tayinlaganini; ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinganga koloniyada saqlash tartibining muayyan turini belgilashni yoki ozodlikdan mahrum etish jazosini turmada o'tashni tayinlashni; sudlanuvchi o'ta xavfli retsidivist deb topilganligini; shartli hukm qo'llanilganini; Jinoyat kodeksining moddasida xuddi shunday jinoyat uchun nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo tayinlanganligini; boshqa yengilroq jazoga o'tilganligini; umumiy qoidalardan chekinib koloniya turi tayinlanganligini; boshqa ta'sir choralarini qo'llab yoki qo'llamasdan sudlanuvchi jazodan ozod etilganligini asoslab berishi shart. Sud qonunchilikka muvofiq sudlanuvchiga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov chorasi qo'llash yoki uning ustidan homiylik tayinlash lozim deb topsa, bunday qarorga kelish sabablarini ko'rsatishi shart. Jamoat birlashmasining yoki jamoaning sudlanuvchini shartli hukm qilib, u bilan tarbiyaviy ish olib borish uchun o'zlariga berishni so'ragan iltimosnomalari bo'lsa, sud bu iltimosnomalarni qanoatlantirish yoki rad etish sabablarini hukmda ko'rsatadi. Sud, shuningdek qo'zg'atilgan fuqaroviy da'vo to'g'risida yoki jinoyat oqibatida keltirilgan mulkiy zararni undirish to'g'risida o'z tashabbusi bilan chiqargan qarorning asoslarini ham ko'rsatishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.