Ish sud tarkibi tomonidan ko'rilayotgan bo'lsa, hukm chiqarish oldidan raislik qiluvchi boshchiligida sudyalarning maslahatlashuvi o'tkazilib, raislik qiluvchi sud hal qilishi lozim bo'lgan savollarni ushbu Kodeksning 457-moddasida ko'rsatilgan izchillikda qo'yadi. Har bir savol shunday shaklda qo'yilishi kerakki, toki bu savolga ma'qullovchi, yoki rad etuvchi javob qaytariladigan bo'lsin. Javob qaytarganidan so'ng sudya javobning sabab-asoslarini ifodalashi mumkin.
Har bir savolni hal qilishda sudyalardan hech biri ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Barcha masalalar ovozlarning oddiy ko'pchiligi bilan hal qilinadi. Raislik qiluvchi hammadan keyin ovoz beradi.
Birinchi navbatda sudlanuvchining manfaatiga to'laroq mos keladigan fikr ovozga qo'yiladi. Basharti oqlash to'g'risida ovoz bergan sudya yoki sudyalar ozchilikni tashkil qilib, boshqa sudyalar esa jinoyatning tavsifi yoki jazo chorasi to'g'risida har xil fikrda bo'lsalar, oqlash uchun berilgan ovoz yoki ovozlar Jinoyat kodeksining yengilroq jazo chorasini nazarda tutgan tegishli moddasi bo'yicha tavsif qilish uchun berilgan ovozga qo'shiladi.
Ishni sudya ko'rayotgan bo'lsa, ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida ko'rsatilgan masalalarni yakka o'zi hal qiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
460-modda. Sudyalarning maslahatlashuv tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.