Jinoyat-protsessual kodeksi

457-modda. Hukm chiqarish vaqtida sud hal qiladigan masalalar

(457-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 15 августдаги ЎРҚ-1081-сонли Қонунига асосан 17-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.08.2025 й., 03/25/1081/0738-сон)

Sud hukm chiqarish vaqtida alohida xonada (maslahatxonada) quyidagi masalalarni hal qiladi: 1) sudlanuvchi aybli deb topilayotgan qilmish haqiqatan sodir etilganmi; 2) bu qilmish jinoyat deb hisoblanadimi va u Jinoyat kodeksining qaysi moddasida nazarda tutilgan; 3) bu qilmishni sudlanuvchi sodir etganmi; 4) sudlanuvchi jinoyat sodir etilishida ayblimi va, basharti aybli bo'lsa, uning aybi qanday shaklda; 5) sudlanuvchining javobgarligini yengillashtiradigan va og'irlashtiradigan holatlar bormi; 6) sudlanuvchi sodir etgan jinoyati uchun jazolanishi kerakmi; 7) sudlanuvchiga qanday jazo tayinlanishi lozim va u shu jazoni o'tashi kerakmi; 8) sudlanuvchini Jinoyat kodeksining 34-moddasiga muvofiq o'ta xavfli retsidivist deb topish lozimmi; 9) ozodlikdan mahrum qilingan mahkum jazoni qanday tartibli koloniyada o'tashi lozim va jazo muddatining bir qismini turmada o'tashi kerakmi; 10) fuqaroviy da'vo qanoatlantirilishi kerakmi, bu da'vo kimning foydasiga va qancha miqdorda qanoatlantirilishi lozim, shuningdek fuqaroviy da'vo qo'zg'atilmagan bo'lsa, jinoyat tufayli keltirilgan mulkiy zarar undirilishi kerakmi, sudlanuvchilar sheriklik yoki hissadorlik tartibida javobgarlikka tortilishlari lozimmi; 11) fuqaroviy da'voni ta'minlash uchun xatlangan mol-mulkni nima qilish kerak; 12) ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni nima qilish kerak; 13) protsess chiqimlarini kimning zimmasiga va qancha miqdorda yuklash kerak; 14) sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash, ilgarigisini qoldirish, o'zgartirish yoki bekor qilish kerakmi; 15) sudlanuvchiga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash yoxud uning ustidan homiylik belgilash zarurmi. 16) sudlanuvchiga nisbatan lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish kerakmi. 17) sudlanuvchiga nisbatan O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish zarurmi. Sudlanuvchi bir necha jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan bo'lsa, sud ushbu moddaning 1 — 8-bandlarida nazarda tutilgan masalalarni har bir jinoyat bo'yicha alohida-alohida hal qiladi. Jinoyatni sodir etishda bir necha sudlanuvchi ayblanayotgan bo'lsa, sud ushbu moddada ko'rsatilgan masalalarni har bir sudlanuvchiga nisbatan alohida-alohida hal qiladi. Ushbu moddaning 15-bandida nazarda tutilgan tibbiy yo'sindagi majburlov choralari ekspertning tegishli xulosasi mavjud bo'lgandagina qo'llanilishi mumkin. Sud muhokamasi jarayonida ushbu Kodeks 533-moddasining birinchi qismi 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan holatlardan birortasi aniqlanib qolsa, sud hukmning ijrosini qonunda belgilangan tartibda kechiktirish masalasini muhokama qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.