Jinoyat-protsessual kodeksi

455-modda. Hukmning qonuniy, asosli va adolatli bo'lishi

Hukm qonuniy, asosli va adolatli bo'lishi shart. Hukm qonunning barcha talablariga amal qilingan holda va qonun asosida chiqarilgan bo'lsa, qonuniy deb e'tirof etiladi. Hukm ishning haqiqiy holatlari unda kerakligicha to'la va yuz berganiga haqiqatan monand tarzda aniqlangan bo'lsa, asosli deb e'tirof etiladi. Hukm aybdorga nisbatan jazo yoki boshqa ta'sir chorasi u sodir etgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va uning shaxsi e'tiborga olinib tayinlangan bo'lsa, aybsiz shaxs esa oqlangan va reabilitatsiya etilgan bo'lsa, adolatli deb e'tirof etiladi. Sud hukmni faqat sud muhokamasida tekshirilgan dalillar bilan asoslaydi. Sudning hukmda ifodalangan barcha xulosalari asoslantirilgan bo'lishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.