Jinoyat-protsessual kodeksi

448-modda. Sud tergovining tamomlanishi

Barcha dalillar tekshirib chiqilganidan keyin raislik qiluvchi taraflardan ular sud tergovini to'ldirmoqchilarmi va to'ldirmoqchi bo'lsalar, nima bilan to'ldirmoqchi ekanliklarini so'raydi. Basharti bu haqda iltimos qilinsa, sud uni muhokama qiladi va hal etadi. Iltimoslarni qanoatlantirish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha harakatlar bajarilganidan so'ng raislik qiluvchi sud tergovini tamom bo'lgan deb e'lon qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.