Sud tergovida ekspertiza ushbu Kodeksning 172 — 187-moddalarida nazarda tutilgan talablarga va quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda tayinlanadi va o'tkaziladi.
Sud majlisida ekspertizani ilgari sudgacha ish yuritish bosqichida xulosa bergan ekspertlar yoki sud tayinlagan yangi ekspertlar yoxud ham ilgarigi, ham keyin tayinlangan ekspertlar birgalikda o'tkazadi.
Taraflardan birortasining iltimosi bo'yicha yoki o'z tashabbusi bilan sud ekspertiza tayinlash to'g'risida ajrim chiqaradi va uni sud majlisida o'qib eshittiradi. Ajrimda ekspertiza o'tkazish topshirilgan shaxs yoki ekspertiza muassasasi ko'rsatiladi va ekspert oldiga savollar qo'yiladi. Bunda sud taraflarga ularning ekspertni rad etish, taraf ko'rsatgan qo'shimcha shaxsni ekspertlar safiga kiritish, ekspert oldiga qo'shimcha savollar qo'yish, ekspertizani taraflarning ishtirokida o'tkazish to'g'risida iltimoslar qilish, shuningdek ekspertiza davomida izohot berib borish huquqiga ega ekanliklarini tushuntiradi.
Iltimoslar yoki ekspertni rad qilish to'g'risidagi arzlarni sud ushbu Kodeksning 80-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq holda ko'rib chiqadi.
Sud tergovida ekspert so'roq qilinayotgan shaxslarga savollar berishga, ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, tergov harakatlarining bayonnomalari, boshqa ekspertlarning xulosalari bilan tanishishga, ko'zdan kechirishlar, eksperimentlarda va ekspertiza predmetiga oid sudning boshqa harakatlarida ishtirok etishga haqlidir.
Sud tergovi davomida ekspertning oldiga qo'shimcha savollar qo'yilishi mumkin.
Ekspertiza predmetiga oid holatlar tekshiruvi tugallangach, sud xulosa tayyorlash uchun ekspertga muhlat beradi. Basharti buning uchun laboratoriya tadqiqotlari o'tkazish lozim bo'lsa, sud ekspertga tegishli ob'yektlarni beradi.
Ekspert o'z xulosasini sud majlisida o'qib eshittiradi. Xulosa sud majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.
Ekspert xulosa berganidan so'ng, xulosada bayon qilingan holatlar bo'yicha u sud majlisida so'roq qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
446-modda. Ekspertiza
(446-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.