Jinoyat-protsessual kodeksi

444-modda. Ko'zdan kechirish

(444-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)

Sud ko'zdan kechirishni ushbu Kodeksning 135 — 141-moddalarida nazarda tutilgan talablarga va quyida belgilangan qoidalarga amal qilgan holda o'tkazadi. Sud surishtiruvda va dastlabki tergovda ishga qo'shilgan ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni, shuningdek taraflar va boshqa shaxslar bevosita sud muhokamasida taqdim etgan narsalarni, hujjatlarni va elektron ma'lumotlarni sud majlisi zalida taraflarning ishtirokida ko'zdan kechiradi. Sud ko'zdan kechirishda ishtirok etishga ekspertlarni, mutaxassislarni, guvohlarni ham jalb etishi mumkin. Sud joy, binolar, inshootlar, xonalarni, shuningdek sud majlisi zaliga keltirib bo'lmaydigan transport vositalari va boshqa ob'yektlarni ular turgan joyga borib ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar ishtirokida ko'zdan kechiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.