Jinoyat-protsessual kodeksi

435-modda. Sudlanuvchiga uning huquqlarini tushuntirish

Raislik qiluvchi sudlanuvchining shaxsini aniqlaganidan keyin unga ushbu Kodeksning 46-moddasida nazarda tutilgan sud muhokamasidagi huquqlarini tushuntiradi. So'ngra sudlanuvchidan ana shu huquqlarning har birini tushungan yoki tushunmaganligini so'raydi. Basharti sudlanuvchi salbiy javob bersa, raislik qiluvchi uning yoshini, umumiy zakovat darajasini, ruhiy va jismoniy holatini e'tiborga olib, unga huquqlarini qaytadan tushuntiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.