Jinoyat-protsessual kodeksi

429-modda. Protsess ishtirokchilarining sudga kelgan- kelmaganligini tekshirish

(429-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 14 мартдаги ЎРҚ-759-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.03.2022 й., 03/22/759/0213-сон)

Sud majlisining kotibi davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari sudga kelgan-kelmaganligi to'g'risida axborot beradi. Shundan keyin sudga tarjimon, guvohlar, ekspertlar va mutaxassislar kelgan-kelmaganligi tekshiriladi. Kotib hozir bo'lmaganlarning nima sababdan kelmaganligini ma'lum qiladi. Ishda ishtirok etayotgan shaxslarning kimligi pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar bo'yicha aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.