Sudyalar kirib kelayotganda sud majlisi zalida hozir bo'lganlarning hammasi o'rinlaridan turadilar.
Sud protsessining barcha ishtirokchilari sudga tik turgan holda murojaat qiladilar, ko'rsatuvlar beradilar va bayonotlar qiladilar. Ushbu qoidadan faqat raislik qiluvchining ruxsati bilangina chetga chiqilishi mumkin.
Sud protsessining barcha ishtirokchilari, shuningdek sud zalida hozir bo'lgan barcha shaxslar raislik qiluvchining sud majlisida belgilangan tartibga rioya qilish to'g'risidagi farmoyishlarini so'zsiz bajarishlari lozim.
O'n olti yoshga to'lmagan shaxslar, basharti ular sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh bo'lmasalar, sud majlisi zaliga kiritilmaydilar.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
424-modda. Sud majlisining tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.