Jinoyat-protsessual kodeksi

415¹-modda. Surishtiruvning, dastlabki tergovning to'liq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini bartaraf etish

(415¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)

Surishtiruv, dastlabki tergovning to'liq emasligi yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlari jinoyat ishini ko'rib chiqish chog'ida sud tomonidan bartaraf etiladi. Sudlanuvchiga nisbatan ayblovni og'irrog'i bilan yoki haqiqiy ahvolga ko'ra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan almashtirish uchun yoki boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan taqdirda, sud surishtiruv, dastlabki tergovning to'liq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalariga muvofiq bartaraf etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.