Jinoyat-protsessual kodeksi

410-modda. Sud muhokamasida sudlanuvchining ishtiroki

Birinchi instantsiya sudining majlisida jinoyat ishi sudlanuvchining ishtirokida muhokama qilinadi, sudlanuvchining sudga kelishi shart. Sudlanuvchi sud majlisiga kelmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Sudga kelmagan sudlanuvchini sud majburiy keltirishga, shuningdek unga nisbatan ehtiyot chorasini qo'llashga yoki ehtiyot chorasini o'zgartirishga haqlidir. Ishning sudlanuvchi ishtirokisiz muhokama qilinishiga sudlanuvchi O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo'lgan va sudga kelishdan bo'yin tovlagan, uning yo'qligi ish bo'yicha haqiqatni aniqlashga monelik qilmagan taqdirdagina yoxud u ushbu Kodeks 272-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan bo'lsa, yo'l qo'yilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.