Jinoyat-protsessual kodeksi

407-modda. Zaxiradagi xalq maslahatchisi

Basharti ishni muhokama qilish uzoq vaqt talab qiladigan bo'lsa, ishda zaxiradagi xalq maslahatchisi qatnashishi mumkin bo'lib, u ishni muhokama qilish boshlangan paytdan e'tiboran sud majlisi zalida hozir bo'ladi va sudyaning huquqlaridan foydalanadi, sud maslahatlashuvlarida va ish bo'yicha qaror chiqarish vaqtida qatnashish huquqi bundan mustasno. Xalq maslahatchisi sud tarkibidan chiqib ketgan taqdirda zaxiradagi xalq maslahatchisi uning o'rnini egallaydi va ishni muhokama qilish davom etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.