Agar jinoyat ishi bo'yicha dastlabki eshituvni o'tkazish chog'ida ayblanuvchining yashiringanligi aniqlansa, sudya ushbu ayblanuvchiga nisbatan ish yuritishni to'xtatib turish va unga nisbatan qidiruv e'lon qilish to'g'risida ajrim chiqaradi, bundan ushbu Kodeksning 410 va 418-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Bir vaqtning o'zida ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini o'zgartirish masalasi hal etiladi.
Ayblanuvchining sud majlisida ishtirok etishini istisno etadigan og'ir va davomli kasallikka chalinganligi sud-tibbiy ekspertiza xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda, sudya ishni yuritishni ayblanuvchi sog'ayguniga qadar to'xtatib turish to'g'risida ajrim chiqaradi.
Jinoyat ishi bo'yicha ish yuritish uning to'xtatib turilishiga sabab bo'lgan holatlar bartaraf etilganidan keyin qayta tiklanadi.
Jinoyat ishi bo'yicha ish yuritishni qayta tiklash to'g'risida sudya ajrim chiqaradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
405⁷-modda. Jinoyat ishi bo'yicha ish yuritishni to'xtatib turish va qayta tiklash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.