Jinoyat-protsessual kodeksi

405³-modda. Jinoyat ishi bo'yicha dastlabki eshituvni o'tkazish uchun asoslar

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lgan taqdirda, sud taraflarning iltimosiga ko'ra yoki o'z tashabbusi bilan jinoyat ishi bo'yicha dastlabki eshituv o'tkazadi. Dastlabki eshituv quyidagilar uchun asoslar mavjud bo'lgan taqdirda o'tkaziladi: 1) jinoyat ishi bo'yicha ish yuritishni to'xtatib turish; 2) jinoyat ishi bo'yicha ish yuritishni tugatish; 3) jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov xulosasini yoki tibbiy yo'sindagi majburlov chorasini qo'llash to'g'risidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish; 4) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish; 5) nomaqbul dalillarni ishdan chiqarib tashlash to'g'risida taraflardan birining iltimosi mavjud bo'lsa, ushbu dalillarni chiqarib tashlash.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.